Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning rasmiy vakili bayonot bilan chiqib, “Xamas” Falastin ozodligi harakati “butun dunyoni aldamoqchi” bo‘layotganini aytdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat ilgari “Xamas” o‘z siyosatini biroz yumshatib, Isroilni yo‘q qilish chaqiriqlaridan voz kechayotgani ma’lum bo‘lgan edi. Isroil bosh vaziri bu masalada o‘z izohini berib o‘tdi.
“‘Xamas’ butun dunyoni aldamoqchi, lekin ular buni eplay olmaydi. Ular teraktlar uyushtirish uchun yashirin tunnellar ochadi, Isroilning tinch aholisiga raketalar yog‘diradi. Mana shu haqiqiy ‘Xamas’dir”, — dedi bosh vazirning rasmiy vakili.
Izoh (0)