AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens CBS’ning ertalabki efiri chog‘ida Shimoliy Koreya bilan bog‘liq vaziyatga izoh berarkan, AQSh ma’muriyatining sabri tugagani bildirdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga qaraganda, AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyada juda katta tahdidni ko‘rmoqda.
Shuningdek, Pens Vashington muammoni tinch yo‘l bilan hal etishga urinayotganini eslatib o‘tdi. U AQSh uzoq muddat muzokaralar olib borgani, ammo prezidentning sabri tugaganini ta’kidladi.
“Prezident bas, dedi”, — xulosa qildi siyosatchi.
Izoh (0)