Londonda o‘tgan hafta oldi olingan teraktlarni taftish qilish doirasida uch kishi qo‘lga olindi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, 18–19 yoshdagi uch qiz qo‘lga olingan. Ular teraktlarni tayyorlashda ayblanmoqda.
28-aprel kuni London huquq-tartibot idoralari xodimlari terakt tayyorlashda gumonlangan to‘rt kishini qo‘lga oldi. Ular orasida 16 yoshli o‘spirin ham bor edi.
Yana ikki gumondor 21-aprel kuni ushlandi.
Izoh (0)