Germaniya reyxskansleri Angela Merkel Yamandagi vaziyatni diplomatik yo‘l bilan izga solish jarayonida ishtirok etishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
“Germaniya o‘z siyosiy imkoniyatlari doirasida BMT tomonidan olib borilayotgan Yamanda tinchlik o‘rnatish jarayonini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi”, — ma’lum qildi Merkel xonim BAAga uyushtirgan safari chog‘ida.
U tashabbusni allaqachon Saudiya Arabistoni qo‘llab-quvvatlaganini bildirdi.
“Ushbu masaladagi keyingi qadam tegishli sa’y-harakatlarni BMT bosh kotibi bilan muvofiqlashtirish bo‘ladi”, — qo‘shimcha qildi Germaniya yetakchisi.
Izoh (0)