Sayyoraning eng baland cho‘qqilarini zabt etgani bilan mashhur shveysariyalik alpinist Ueli Stek 30-aprel kuni 40 yoshida halok bo‘ldi. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, u Everestga ko‘tarilish chog‘ida halok bo‘lgan.
“Ertalab Nupse cho‘qqisiga ko‘tarilishda alpinist halok bo‘ldi. Uning oyog‘i toyib ketgan bo‘lsa kerak”, — dedi Nepal alpinizm federatsiyasi rahbari Ang Sering Shepra.
Izoh (0)