28-aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatining Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi sayyor qabulida aholi murojaatlari ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
“Murojaatlarning qonuniy asosi borlari hal qilinmoqda, biroq qonuniy yechimi yo‘q masalalar bo‘yicha aholiga tushuntirishlar berish borasida hali ancha ish qilinishi kerak, shunda fuqarolar murojaatidan to‘la qoniqish hosil qiladi, takroriy murojaatlar kamayadi, — dedi Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori Temur Normuhamedov. — Buning uchun murojaatni dastlabki kundayoq atroflicha o‘rganib, hal qilish choralarini ko‘rishimiz kerak. Aholidan turli masalalardagi qonunbuzarliklar, xususan, ba’zi hollarda ichki ishlar xodimlarining ayrim xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib yozilgan arizalar ham kelib tushmoqda. Ularning ba’zilaridagi vajlar asosli ekani aniqlanib, aybdorlarga tegishli choralar ko‘rilmoqda”.
Sayyor qabulda aholining huquqiy ongini, xususan, murojaat madaniyatini yuksaltirish ham dolzarb masala ekani ta’kidlandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)