Filippin prezidenti Rodrigo Duterte AQShni KXDR bilan o‘ynashib o‘tirmaslikka, uning foydasiga ish qilib qo‘ymaslikka, Kim Chen Inning “butun dunyoni yo‘q qilish”dan iborat orzusi amalga oshishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Filippin yetakchisi yaqin vaqt ichida amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan Koreya inqirozini muhokama qilishini, o‘sha chog‘da Pxenyan Vashington ustidan kulishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun choralar ko‘rishini ta’kidlab o‘tdi.
Duterte Shimoliy Koreya va AQSh o‘rtasidagi ixtilofni “o‘yinchoq o‘ynash”ga o‘xshatdi.
“Yigitcha (Kim Chen In) butun dunyoni yo‘q qilmoqchi, shuning uchun u quvonmoqda. U nuqul iljayib yuribdi”, — xulosa qildi Filippin prezidenti.
Izoh (0)