O‘zbekiston Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati, Prezidentning Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan Bektemir tumani aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tadbirda shahar hokimligi, shahar prokuraturasi, ichki ishlar boshqarmasi, sud idoralari rahbarlari, tegishli boshqarma va tashkilotlar vakillari ishtirok etib, Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga tuman aholisidan kelib tushgan murojaatlar ularning mualliflari ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shu yilning 24-apreligacha Prezident virtual qabulxonasi hamda Xalq qabulxonalariga Bektemir tumani aholisidan 3000 dan ortiq ariza va shikoyat kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 1200 dan ziyodi Bektemir tumani hokimligi vakolati bilan bog‘liq.
Tumandan kelgan murojaatlar sohalar bo‘yicha o‘rganilganda, ularning asosiy qismi uy-joy, fuqarolikni qabul qilish va fuqarolikdan chiqish, pasport olish va propiskaga o‘tishga doir ekanligi aniqlandi. Moddiy yordam, ish haqi, pensiya ta’minoti hamda bolalar nafaqasini olish, bank-moliya va soliqqa tortish kabi masalalarda murojaatlar ko‘p. Bundan tashqari, sudlarda jinoyat ishlari, fuqarolik ishlari, xo‘jalik sudlarida ishlar ko‘rilishi, obodonlashtirish va kommunal xo‘jaligi, shu jumladan, yo‘llarni ta’mirlash, sud qarorlarining ijro etilishi, mehnat va bandlik masalalari odamlarni ko‘proq o‘ylantirayotgani ma’lum bo‘ldi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)