Toshkentlik bir erkakning xonadonidan sotish maqsadida yetishtirilayotgan o‘nta marixuana o‘ti topildi. Bu haqda “UzNews.uz” xabar bermoqda.
Toshkent shahar IBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Yunusobod, Uchtepa va Chilonzor tumanlarida uch nafar kishi qo‘lga olindi. Ularning yonidan 2,92 gramm marixuana topildi.
Bundan tashqari, qo‘lga olinganlardan birining xonadonida marixuana yetishtirilayotgani aniqlandi.
Mazkur fakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.
Izoh (0)