Parijda noma’lum shaxslar Fransiya bosh vaziri Bernar Kaznevning kvartirasiga tushib, uni tunab ketdi. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, hujjatlari daxlsiz qolgan.
“Bosh vazir bir necha marotaba uning uyi oldida doimiy qorovul turmasligini so‘ragan edi, negaki politsiyachilar yuqori terror xavfi sharoitlarida shunaqasiga ham yetarli darajada safarbar qilingan deb hisoblar edi. Buning natijasida uning kvartirasida u bajarayotgan vazifalar bilan bog‘liq hech qanday hujjatlar yo‘q edi”, — ma’lum qildi Matinon saroyi vakillari.
Kvartiradan aynan nima o‘g‘irlangan hozircha ma’lum emas.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)