O‘zbekiston Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatining Yashnobod tumanidagi qabulida doimiy ro‘yxatdan o‘tish muammosi ham ko‘tarildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Galina Grigoryeva bundan bir necha yil oldin uyini sotib, Rossiyaga ko‘chib ketishni niyat qilgan. Lekin o‘ylagan rejasi amalga oshmay, O‘zbekistonga qaytishga majbur bo‘lgan. Biroq uysiz, propiskasiz qolgan.
Ko‘chada qolgan fuqaroga mahalliy hokimlik yotoqxonadan joy ajratgan. Lekin bu ayolning doimiy ro‘yxatdan o‘tishni so‘rab qilgan murojaatlari e’tiborsiz qolgan.
Qabul jarayonida mutasaddilarga qo‘lida O‘zbekiston Respublikasi pasporti bo‘lgan, oldin shu yerda doimiy yashagan bu fuqaro propiskaga olinishi shartligi uqtirildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)