O‘zbekiston Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatining navbatdagi sayyor qabuli Toshkent shahrining Yashnobod tumani aholisi uchun tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Qabulda Yashnobod tumanidan boshqa tumanlardan ham ko‘plab fuqarolar qatnashdi.
Prezidentimizning Xalq qabulxonasi va Virtual qabulxonasiga tumanimizdan 16 mingdan ortiq shikoyat tushgan. Hokimlik tomonidan hal etilishi zarur bo‘lgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib, hal etishga harakat qilmoqdamiz. Lekin hali bu borada qilishimiz zarur bo‘lgan ishlar juda ko‘pligiga bugungi qabul jarayonida amin bo‘ldik. Murojaatlar asnosida ishimizni qaytadan, to‘g‘ri tashkil etamiz.Ichki ishlar organlari bilan bog‘liq bo‘lgan propiska, fuqarolik va sohaga ishga kirish masalalari aholini ko‘proq qiziqtirmoqda.Dilmurod Turdiyev, Yashnobod tumani hokimi
Qabul davomida Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlari ham ularni bevosita qabul qilib, barcha masalalar qonun doirasida hal etiladigan bo‘ldi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)