O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim tizimiga qator o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda ta’lim sifati va samaradorligini yuksaltirishga oid amaliy ishlar va istiqboldagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida qayd etildi, deb xabar beradi O‘zA.
Jumladan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining turlari belgilandi. Davolash-profilaktika maskanlarida statsionar sharoitda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalarga bevosita muassasaning o‘zida umumiy o‘rta ta’lim berish tashkil etiladi.
Olis aholi punktlarida yashovchi maktab yoshidagi bolalarning sifatli umumiy o‘rta ta’lim olishini ta’minlash maqsadida tegishli tuman (shahar) hokimliklarining qarori asosida umumta’lim maskanlarining filiallari tashkil etilib, ularda o‘quvchilar soni 100 nafargacha bo‘ladi. Boshqa umumta’lim maskanlariga yaqinligi hamda moddiy-texnik bazasidan kelib chiqib, o‘quvchilar soni 180 nafargacha bo‘lgan umumta’lim muassasalari ham filiallarga aylantirilishi mumkin.
Tegishli maydonga ega bo‘lgan maktablar sinflarida o‘quvchilar tarkibi 35 nafardan ortib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Sinf o‘quvchilarini muayyan fanlar bo‘yicha bo‘lib o‘qitish yuzasidan ham tegishli normalar belgilandi.
Bolalarning intellektual rivojlanish jarayonini hisobga olib, ularni 6—7 yoshdan maktabga qabul qilish me’yorlariga ham aniqliklar kiritildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)