O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi va “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi “Eng namunali oila” respublika tanlovini e’lon qildi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Tanlov to‘rt bosqichda bo‘lib, mahalla bosqichi 15-may — xalqaro Oila kuni arafasida, tuman (shahar) bosqichi iyul oyida, hududiy bosqich Mustaqillik bayrami arafasida, respublika bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida — dekabr oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Ishtirokchilar barcha bosqichlarda quyidagi shartlar asosida 10 ballik tizimda baholanadi:
- 1-shart: Oilalarning tanishtiruv chiqishlari (bayon, she’riy yoki musiqiy tarzda bo‘lishi mumkin). Bajarish vaqti – 5 daqiqa.
- 2-shart: “Biz kitobxon oilamiz” (tezkor savol-javoblar).
- 3-shart: “Oila mustahkamligi — yurt tinchligi” mavzusida uch daqiqalik.
Hududiy bosqichlarda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan oilalar tanlovning yakuniy bosqichida ishtirok etadi.
Taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati hamda ularni topshirish sanasi va joyi haqida O‘zA sahifasida batafsil tanishish mumkin.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)