Suriya maktablarida rus tili ikkinchi til sifatida o‘qitilmoqda, mamlakatdagi barcha universitetlarda esa rus tilini o‘rganish kafedralari ochildi. Bu haqda Suriyaning Rossiyadagi elchisi Riyod Haddod Federatsiya Kengashida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi, deb yozadi Afisha Daily.
“Prezident Bashar Asadning rus tilini Suriyada ikkinchi tilga aylantirish haqidagi qarori — Suriya xalqining ko‘rsatilgan ko‘mak uchun Rossiya xalqiga minnatdorligining bir ko‘rinishi”, — dedi Haddod.
U, shuningdek, Suriyadagi ko‘plab oilalar o‘z farzandlariga Putin deb ism qo‘yayotganini, rus tilini esa, xususan, Suriya prezidenti Bashar Asadning bolalari o‘rganayotganini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)