Parij prokuraturasi Yelisey dalalari yaqinida politsiyachilarga hujum uyushtirgan shaxsning ismini keltirdi. Jinoyatchining ismi Karim Sharfidir, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Parij prokurori Fransua Molensning bildirishicha, Sharfi to‘rt marta jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, jinoyatchining tanasi yonidan xat topilgan bo‘lib, unda IShID guruhi yoqlab chiqilgan.
Prokurorning qo‘shimcha qilib o‘tishicha, Sharfi ilgari ham politsiyachilarni o‘ldirish niyatini oshkor aytgan, ammo huquq-tartibot organlari uning radikal tashkilotlar bilan aloqasi borligini aniqlay olmagan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)