Sideline birlashmasi ishtirokchilari dunyo mamlakatlarining mashhur gazetalari logotipini takrorlagan, ammo ichida hech qanday yangilik bo‘lmagan Nothing in the News (“Gazetalarda hech qanday yangilik yo‘q”) art-loyihasini taqdim qildi, deb xabar bermoqda TJournal.
Mualliflarning so‘zlariga ko‘ra, ular zamonaviy odamlarning hayot tarziga aylangan “axborot oqimidan biroz dam olish”ni taklif qilgan.
Mobil qurilmalarga qarab, ko‘p vaqtni o‘tkazib yuboramiz. Biz qayerda nima bo‘layotgani, qanday hodisalar ro‘y berayotganini bilishni istaymiz. Hayotimizning har bir lahzasini qandaydir narsalar bilan to‘ldirib qo‘yamiz va oddiylikni – o‘tirib o‘ylashni, zerikishni, orzu qilishni unutib qo‘yganmiz.Loyiha mualliflari o‘z ishlarida Le Monde, The New York Times, The Sun, “Argumenti i fakti” va boshqa nashrlarning nusxalaridan foydalangan. Har bir bo‘sh gazetani birlashma saytidan 15 funtga xarid qilish mumkin.Nothing in the News mualliflari
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)