“Abu Sayyaf” terrorchi guruhining yetakchilaridan biri Filippinning Boxol orolida hukumat kuchlari bilan otishma chog‘ida o‘ldirildi. Bu haqda, CNN Philippines telekanaliga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Bu rostanam Xoselito Meyoriya, va u qo‘shinlarimiz uning guruhi bilan to‘qnashgan chog‘ida o‘ldirildi”, — ma’lum qildi telekanalga Filippin qurolli kuchlari vakili Restituto Padiya.
Ilgariroq Boxol shtati gubernatori otishma davomida kamida olti nafar radikal yo‘q qilinganini bildirgan edi.
Izoh (0)