Joriy yilning 17-aprel kuniga qadar Prezident Virtual qabulxonasiga Toshkent shahrining Olmazor tumanidan 17 ming 436 murojaat kelib tushdi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Murojaatlarning 15 ming 733 tasi ko‘rib chiqildi, 1703 tasi ko‘rib chiqilish jarayonida.
Murojaatlarga samarali yechim topish borasida muayyan ishlar qilingan, ammo ba’zi rahbarlar aholining eng muhim hayotiy ehtiyojlari va haqli talablariga befarq munosabatda bo‘layotgani ham ko‘zga tashlanmoqda.
Tuman aholisidan kelgan murojaatlarning 7532 tasi bevosita Olmazor tumani hokimligi vakolatiga taalluqli. Ammo tuman hokimligida murojaatlar bilan ishlash to‘g‘ri tashkil etilmagan, murojaatlarni taqsimlash va nazorat qilishga yuqori malakali kadrlar jalb qilinmagan, tahlil ishlari yetarlicha yo‘lga qo‘yilmagan. Oqibatda 416 murojaat belgilangan ijro muddatida ko‘rib chiqilmagan, shundan 126 tasi 2016-yildan beri muallaq osilib turibdi.
O‘tgan davrda ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 5430 tasiga o‘z muddatidan kechikib javob xati berilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)