Xonanda Ruslan Sharipov “Darakchi” gazetasiga intervyu berdi. Intervyu jarayonida xonanda kelajakdagi rejalari haqida so‘zlab berdi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz”.

Foto: “Darakchi.uz”

Foto: “Darakchi.uz”

“Rejalarim juda ko‘p. Sog‘lig‘im tiklangach, ijodimni yo‘lga qo‘yaman. Kimlardir uchun emas, o‘zim uchun qo‘shiq yozishni istayman. Yaqindagina bir tanishim kelib, qo‘shiq yozib berishimni iltimos qildi. Rad etdim. Unga ham: ‘Endi xudbin insonga aylanishga ahd qildim’, dedim. Bu hazil emas, kelajagimning haqiqati. Rostdan ham birovlarning kelajagini o‘ylashni istamayman”, — dedi Ruslan Sharipov.

“Yana bir maqsadim — farzandlarimning kelajagi. Ikki qizimda ham iqtidor bor. Kamila hozir Estrada va sirk kollejida ta’lim olyapti. Ovoz imkoniyatlarini eshitib, xursand bo‘laman. Bir-ikki yil ichida u bilan shug‘ullanib, qizlarning yangi guruhini tuzishni rejalashtirdik. O‘ylaymanki, uning kelajagi porloq”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!