O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov 16-aprel kuni 71 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan Toshkentdagi restoranlardan birida o‘zbek shou-biznesi vakillari jam bo‘lib, ustoz san’atkorning tug‘ilgan kunini nishonladi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
“Xonandalar Rashid Holiqov, Rayhon G‘aniyeva, Tohir Sodiqov, Abdulla Qurbonov, Farrux Ahmedov, Karen Gafurjanov, Akbar Otamuhamedov, qiziqchi Shukurullo Isroilov, taniqli teleboshlovchilar Shahnoza G‘aniyeva, Nilufar Sotiboldiyeva, ‘VIA Sharq’ guruhi kabi san’atkorlar Farruh Zokirovning yaxshi kunida yonida bo‘ldi”, — deb yozadi nashr.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)