Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Sky News’ga bergan intervyusida Donbassdagi vaziyatni muzlatilgan ixtilof emas, balki haqiqiy urush deb hisoblashini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
“Ayrimlar u yerdagi vaziyatni muzlatilgan ixtilof sifatida taqdim etishga urinmoqda. Ammo u muzlatilmagan. Bu — mamlakatimga qarshi Rossiyaning hali qaynoq tajovuzidir”, — uning so‘zlari keltirildi prezident ma’muriyatining rasmiy saytida.
Poroshenkoning so‘zlariga qaraganda, yil boshidan buyon 69 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi halok bo‘ldi.
“Axir bu muzlatilgan ixtilofmi? Bu — haqiqiy issiq urush. Bu real tajovuz”, — yana bir bor qayd etdi Poroshenko.
Izoh (0)