Iroqlik modelyer etagi 200 metr keladigan to‘y libosini tikdi. Bu haqda Anadolu agentligiga tayanib, “Kazinform” xabar berdi.
Noodatiy libosni tikish uchun modelyer yarim yil mehnat qildi va unga 600 metr mato kerak bo‘lgan.
Namoyish Arbil shahridagi bog‘da bo‘lib o‘tdi va ayollarda katta qiziqish uyg‘otdi. Libosni modelyerning dugonasi eronlik model Chunur Muhammad namoyish qildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)