BAA vitse-prezidenti va bosh vaziri, Dubay hukmdori Shayx Muhammad bin Rashid al-Maktum hamda Abu-Dabi valiahdi va BAA oliy bosh qo‘mondoni Shayx Muhammad bin Zayd an-Nahyan yirik qurilish loyihasi uchun tayyorlanayotgan hududni ko‘zdan kechirayotgan vaqtda Shimoliy Afrika tuvalog‘i va uning ichida tuxumlari bo‘lgan inini payqab qoldi.
Ikki yetakchi qushchani tasvirga oldi va uning inini buzmaslik uchun qurilishni boshqa joyga ko‘chirishga buyruq berdi. Bu haqda UAE Inside ma’lum qildi.
Bir sutkada ikki shayx va qushcha haqidagi video ijtimoiy tamoqlarda bir necha o‘ng ming marta tomosha qilindi.
https://www.instagram.com/p/BTBt_CHhzFM/
Ma’lum bo‘lishicha, Shimoliy Afrika tuvalog‘i BAA uchun katta ahamiyat kasb etadi. Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan bu qush turi BAA san’atida muhim rol o‘ynaydi.
Bu tur populyatsiyasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida BAAda maxsus IFHC (International Fund for Houbara Conservation) loyihasi tashkil etilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)