Venesuela iqtisodiyoti 2018-yilda jiddiy zarbalarga uchrashda davom etadi: ko‘rsatilgan yilda ushbu mamlakatda inflyatsiya darajasi 2000 foizdan oshadi. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasining jahon iqtisodiyoti rivojlanishi prognozlarida aytildi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
Moliyaviy tashkilot muassasalarining bashoratlariga ko‘ra, 2017-yilda ushbu mamlakatda inflyatsiya darajasi 720 foizni, 2018-yilda esa 2068 foizni tashkil etadi.
Shuningdek, Venesuela iqtisodiyoti joriy yilda 7,4 foizga tushishi kutilmoqda.
Izoh (0)