Saqich 7 yilda hazm bo‘ladimi? Salomatlik bilan bog‘liq uydirmalar
Kundalik hayotimizda sog‘liq borasida ko‘plab qoidalarga amal qilamiz. Lekin biz bularning ko‘pchiligi uydirma ekanligiga hatto shubhalanmaymiz ham.
Bir kunda 8 piyola suv ichish kerak
Odam suvning katta qismini ovqatlar bilan birga qabul qiladi. Agar siz suv ichishni xohlamasangiz o‘zingizni qiynab majburan ichish kerak emas.
Toksinlar ter bilan birga chiqib ketadi
Ter bezlari organizmdagi boshqa tizimlar bilan bog‘lanmagan, shuning uchun ular toksinlarni chiqara olmaydi. Ter ajralishi — bu organizmning sovitish usuli. Ter suv, tuz va elektrolitlardan iborat.
Shakar bolalarni haddan tashqari faollashtiradi
Tadqiqotlar bu fikrning yolg‘on ekanligini isbotladi. Bolalar har doim va shunday ham o‘ta faoldirlar. Shakar bu borada ularga zarar keltirmaydi.
Sochlar va tirnoqlar o‘lgandan keyin o‘sadi
Yaxshiyamki bularning hammasi bir uydirma. Buning sababi shundaki, o‘limdan so‘ng teri namligini yo‘qotadi va bizga sochlar, tirnoqlar o‘sishda davom etayotgandek ko‘rinadi.
Agar odam ovqatlangandan keyin 30 daqiqa davomida suvda suzsa, uning tomirlari tortisha boshlaydi
Tomir tortishish va yaqin-orada iste’mol qilingan ovqat orasida aloqa borligining ilmiy isboti mavjud emas.
Yutib yuborilgan saqich me’dada qolib ketadi va 7 yil davomida ham hazm bo‘lmaydi
Rezina saqich shirinliklar, hid beruvchilar, yumshatgichlar va hazm bo‘lmaydigan qismlardan tashkil topgan. Lekin bu saqich uzoq vaqt organizmdan chiqib ketmaydi degani emas. Organizm uni hazm qilolmaydi, xolos. Saqich qanday holda kirgan bo‘lsa, deyarli xuddi shu ko‘rinishda chiqib ketadi
Izoh (0)