Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum “C” guruhi 6-turida Uzbek Tigers bokschilari safarda Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasiga qarshi jang qiladi.
Guruhda 9 ochko jamg‘arib, muddatidan oldin pley-offga yo‘llanma olgan Uzbek Tigers jamoasi murabbiylari so‘nggi turda zaxiradagi bokschilarni sinovdan o‘tkazishga qaror qildi, deb yozadi “Sports.uz”.
21-aprel kuni Perm shahrida bo‘ladigan uchrashuvga WSB turnirining joriy mavsumida umuman ringga chiqmagan to‘rt nafar bokschi va ishonchli g‘alabalari bilan muxlislar ishonchini oqlab kelayotgan Abrorjon Qodirovni jalb qilindi.
Uzbek Tiger — Patriot Boxing Team
-52 kilogramm: Abrorjon Qodirov – Vyacheslav Tashkarakov;-60 kilogramm: Ulug‘bek Do‘stmurodov – Konstantin Bogomazov;
-69 kilogramm: Odiljon Aslonov – Artyom Zaysev;
-81 kilogramm: Madiyor Saidrahimov – Pavel Pilyagin;
+91 kilogramm: Mirzobek Hasanov – Artyom Sutlenkov.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)