Los-Anjeles sudi Lotin Amerikasining eng mashhur qo‘shiqchilaridan biri meksikalik Luis Migelni hibsga olishga order berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Univision kanaliga ko‘ra, Migel shartnoma shartlarini buzgan va sobiq menejeriga bir million dollar to‘lamagan. Sud xonanda uch marotaba ko‘rsatma berish uchun kelmaganidan so‘ng uni qamoqqa olish haqida qaror qabul qildi.
Migelning advokati ularga yana bir necha kun muhlat berishni so‘radi, biroq sudya shashtidan qaytmadi.
46 yoshli Luis Migel “Gremmi” mukofotining 9 karra sohibi hisoblanadi. Muxlislari unga “Meksika quyoshi” deya nom bergan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)