Yaponiyaning elektron musiqa asboblari ishlab chiqaruvchi Roland kompaniyasi asoschisi Ikutaro Kakexasi 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Roland kompaniyasiga 1972-yilda asos solingan va deyarli darrov elektron musiqa asboblar yaratish hamda ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinni egallagandi. Xususan, kompaniyaning dram-mashinalari va sintezatorlari nom qozondi.
Hozirda kompaniyada 3 mingdan ortiq kishi mehnat qiladi, uning aksiyalari esa Tokio fond birjasiga qo‘yilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)