Berlinda istiqomat qiladigan britaniyalik dijey Dax J Tunis sudi tomonidan o‘z remikslarida azon chaqirig‘idan foydalangani uchun bir yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mazkur remiks Orbit festivalida yangragani bildirilmoqda. U ijro etilgan tungi klub hodisadan so‘ng yopib qo‘yildi. Dijeyning o‘zi esa qilmishi uchun uzr so‘radi.
Tunisdagi Orbit festivalida 7-aprel, juma kuni men ijro etgan musiqa kimgadir og‘ir botgan bo‘lsa, buning uchun kechirim so‘rayman. Hech kimni xafa qilish yoki tuyg‘ularini haqoratlashni istmagandim.“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!Dax J, dijey
Izoh (0)