O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bugun — 17-aprel kuni start oladigan Development Cup turnirida ishtirok etadi. Musobaqaga Armaniston poytaxti Yerevan mezbonlik qiladi, deb yozdi O‘FF matbuot xizmati.
Bosh murabbiy Dilshod Nuraliyev turnirda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan 18 nafar futbolchini tanlab olgan va ularni Yerevanga olib ketgan.
Turnirda mezbon Armaniston va O‘zbekiston termalaridan tashqari Kipr hamda Makedoniya o‘smirlari ham g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi shu yilning 16-sentabr kuni start oladigan Osiyo chempionatining saralash turniriga hozirlik ko‘rmoqda. Qit’a chempionatining o‘zi 2018-yil bo‘lib o‘tadi.
Dilshod Nuraliyev bunga qadar 1996-yilda tavallud topgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasini Osiyo chempioni qila olgan, 1986-yilda tug‘ilgan o‘smirlari esa qit’a chempionatining yarim finaliga qadar yetib borgandi .
Mutaxassis boshqaruvida O‘zbekiston o‘smirlari 2013-yilgi Jahon chempionatining nimchorak finaliga qadar yetib borgan.
Izoh (0)