Tunis futbol federatsiyasi hakamga nisbatan tajovuzkor munosabatda bo‘lgani uchun “Sfaksyen” jamoasi prezidenti Munsif Xemaxemni futbolga oid har qanday faoliyatdan umrbod chetlatdi. Bu haqda Marca gazetasiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hodisa “Sfaksyen” va “Etual dyu Sahel” klublari o‘rtasidagi o‘yinda sodir bo‘lgan. Xemaxem uning klubi darvozasiga belgilangan bahsli penaltidan keyin hakam oldiga kelib, uning yuzidan o‘pgan va qulog‘idan tishlab olgan.
Umrbod diskvalifikatsiyadan tashqari Tunis futbol federatsiyasi “Sfaksyen” prezidentiga 12 ming dollar miqdorida jarima ham soldi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)