Toshkent shahrida Islom taraqqiyot markazi tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi davomida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Poytaxtimizdagi Hazrati Imom majmuasi hududida Islom taraqqiyot markazini tashkil etmoqchimiz. Ushbu maskanda ham Imom Buxoriy xalqaro markazi kabi xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy dunyosini boyitishga, buyuk ajdodlarimiz islom ta’limotiga beqiyos hissa qo‘shganini aniq misollar bilan ko‘rsatish kerak.Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasi atrofida joylashgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini rekonstruksiya qilish loyihasi bilan ham tanishdi.O‘zAning xabar berishicha, bu loyiha Imom Buxoriy majmuasi ziyoratchilari uchun qo‘shimcha qulaylik yaratib, hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)