Faoliyatini Qozog‘iston chempionatida davom ettirayotgan futbolchi Shavkat Salomov 6-turga kelib raqib darvozasiga yo‘l topdi.
Chempionat boshidan buyon barcha o‘yinlarni asosiy tarkibda o‘tkazayotgan o‘zbekistonlik futbolchi gol urgan o‘yin 3:3 hisobida yakunlandi va “Atirau” 1 ochko ishlab oldi. Shu tariqa uning jamoasi to‘plagan ochkolar soni -6 taga yetdi.
“Atirau” mamlakat futbol federatsiyasi qaroriga ko‘ra, chempionatni -9 ochko bilan boshlagandi. Dastlabki olti turda qo‘lga kiritilgan 3 ochko natijasida ochkolar endi -6 taga yetdi.
O‘zbekistonlik boshqa bir futbolchi Aleksandr Geynrix esa jamoasining “Qaysar”ga qarshi o‘yinida 84-daqiqadan boshlab harakat qildi.
Qayd etish kerak, chempionat startidan buyon klub bosh murabbiyi Aleksey Petrushin Geynrixga 4 ta o‘yinda imkoniyat berdi va ularning barchasida futbolchini zaxiradan maydonga tushirdi. Shu tariqa Geynrix joriy mavsumning olti turida jami 54 daqiqa harakat qildi.
Ma’lumot uchun, Shavkat Salomov O‘zbekiston milliy terma jamoasining a’zosi hisoblanmaydi, Geynrix esa Samvel Babayan jamoasidan muntazam chaqiruv qog‘ozi oladi.
Qozog‘iston Premyer-ligasi 6-tur 12-aprel, chorshanba
Izoh (0)