Xitoyning HNA Group kompaniyasi Forbes Media’da 95 foizlik ulushga egalik qiluvchi Integrated Whale Media Investments (IWM) kompaniyasi aksiyalari nazorat paketini xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda vaziyat bilan tanish manbaga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Agentlik manbasiga ko‘ra, IWM o‘z navbatida boshqa Xitoy kompaniyasi bilan muzokaralar olib bormoqda va nazorat paketini sotib olishga tayyor o‘zga xaridorlarni qidirmoqda.
HNA Group Forbes egalari bilan bir necha haftadan beri muzokaralar olib bormoqda. Kelishuv summasi 400 million dollarga baholanmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)