Dunyoda ko‘pchilik mavjudligidan bexabar, sayyohlarning oyog‘i yetmagan va yetib borish qiyin bo‘lgan g‘aroyib joylar ko‘p. Lojuvard suvli, gullarga burkangan dalalar va sharsharalarga ega orollar. Bularning barchasi ertaklarni eslatadi.
AdMe ana shunday ko‘pchilik tanish bo‘lmagan maftunkor joylar haqida hikoya qiladi.
Blagay, Bosniya va Gersegovina
Blagay — kichkinagina qishloq bo‘lib, kichik sharsharalar va moyiv suv hamda tik qoya orasida oq rangdagi kichik uylarni ko‘rish mumkin. Bu joy darvish va so‘filar uchun muqaddas joy bo‘lib, aynan ular bu qishloqni barpo etgan.
Uakachina, Peru
Uakachina — ulkan cho‘l o‘rtasidagi oazis shahar. Aholisi bor-yo‘g‘i 200 kishidan iborat shaharga yetish uchun Peru poytaxti Limadan janubga qarab besh soat yurish kerak bo‘ladi.
Xilliyer ko‘li, Avstraliya
Xilliyer ko‘li Avstraliyaning janubi-g‘arbidagi Midl-Aylend ko‘lida joylashgan bo‘lib, 1802-yilda kashf etilgan. Orol pushti rangga ega ekanligi va o‘z rangini yil davomida o‘zgartirmasligi bilan diqqatga sazovor. Suv havzasi nima sababdan bunday rangga ega ekanligi sababi hozirgacha noma’lum.
Mariyeta oroli, “Yashirin plyaj”, Meksika
“Yashirin plyaj”ga (Playa de Amor) faqat suv orqali borish mumkin. Suvosti g‘orlari labirintlari bo‘ylab bir necha daqiqa suzgandan so‘ng plyajning ajoyib manzarasidan bahramand bo‘lish mumkin.
Silfra darasi, Islandiya
Silfra darasi Islandiyaning “Tingvellir” milliy bog‘ida joylashgan. U dayver va sarguzashtlar ishqibozlari uchun sevimli joy. Uning suvi toza va shaffofligi tufayli 300 metr ostidagi narsalarni ham ko‘rish mumkin.
Izola-Bella, Italiya
Lago-Majore ko‘lidagi Izola-Bella oroli dunyodagi eng go‘zal orollardan biri ekanligiga shubha yo‘q.
Popay qishlog‘i, Malta
Popay qishlog‘i 1980-yillarning “Popay” myuzikli uchun qurilgan yog‘och uychalardir. Hozirda esa u kurort zonasidir.
Donchuan qizil yerlari, Xitoy
Donchuan qizil yerlari Yunnan provinsiyasi poytaxti Lunmin shahridan janubi-g‘arbda joylashgan tog‘ vodiysi.
Florish oroli, Portugaliya
Florish oroli noyob flora va faunaga ega milliy bog‘i tufayli YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan.
“Do‘zax eshigi” darvozasi, Turkmaniston
Darvoza — diametri 60 metr, chuqurligi 20 metr bo‘lgan yonayotgan ulkan kraterdir. Qachonlardir geologlar ulkan tabiiy gaz zahirasiga ega bo‘lgan g‘orga duch keladi. Odamlar va qoramollarga zarar qilmasligi uchun gaz yoqib yuboriladi. Biroq bir necha kundan so‘ng o‘chishi kerak bo‘lgan olov 45 yildirki hamon yonishda davom etmoqda.
“Lensoys-Maranyensis”, Braziliya
“Lensoys-Maranyensis” milliy bog‘i Braziliya shimoli-sharqidagi Atlantika okeani sohilida joylashgan.
Setenil-de-las-Bodegas, “qoyadagi shahar”, Ispaniya
Ispaniya janubidagi ushbu “qoyadagi shaharda” uylarning devorlari va hatto tomlari ulkan bazalt qoyalarning bir qismi hisoblanadi.
Izoh (0)