Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning Suriya aviabazasi bo‘ylab raketa zarbasini izohlay turib, NATO bo‘yicha ittifoqchilar nima yuz berayotganligini tahlil qilmay turib, Xitoy haykalchasi kabi bosh irg‘ayotganligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“NATO bo‘yicha ittifoqchilar qanday javob qaytardi? Barchasi nima yuz berayotganligini tahlil qilmasdan Xitoy haykalchasi kabi bosh irg‘atmoqda. Suriya qo‘shinlari tomonidan kimyoviy qurol qo‘llanganligining isboti bormi? Yo‘q. Xalqaro huquq buzilganligining esa isboti bor. Bu ochiq-oydin ko‘rinib turgan fakt”, — dedi Putin “Mir 24” telekanaliga bergan intervyusida.
Rossiya rahbari BMT Xavfsizlik kengashi sanksiyasisiz suveren mamlakatga zarba berilayotganligi, xalqaro huquq oshkora buzilayotganligiga qaramasdan barcha buni qabul qilib, ma’qullayotganligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga qaraganda, 2003-yilda Iroqqa qo‘shinlar kiritish uchun uydirma bahonadan foydalanilganda ham aynan shunday bo‘lgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)