Yevropa Chempionlar ligasining chorak finalidan joy olgan “Borussiya” — “Monako” o‘yini terakt sabab bir kunga qoldirilgandi. Bu esa uchrashuvda mehmonlarni qo‘llash uchun Monakodan tashrif buyurgan muxlislar mushkulini yanada oshirdi.
“Sports.ru”ning qayd etishicha, vaziyatni tushungan dortmundlik muxlislar “Monako” fanatlariga yordam berishga qaror qilgan va ular bir kun tunab qolishi uchun o‘z uyini taklif qila boshlagan. Buning uchun Fransiyadan tashrif buyurgan muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda #bedforawayfans heshtegini topib, mezbon tomonga murojaat qilishi yoki bo‘lmasa shu heshtegdan foydalanib, dortmundliklarning yordamini kutishi kifoya edi.
“Borussiya Dortmund” futbol klubi ham bir chetda qarab turgani yo‘q va mazkur heshtegni ommalashtirishda o‘z tarmoqlari bilan faol bo‘ldi.
“Monako” futbol klubi esa o‘z muxlislari haqida qayg‘urib, ularning Dortmund yo‘li uchun sarf etgan pullarini konpensatsiya qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Ma’lum bo‘lishicha, Monako—Dortmund safari uchun har bir muxlis 80 yevrodan sarflagandi.
Izoh (0)