“Juno” sayyoralararo zondi 27-mart kuni Yupiter yuzasi yaqinidan uchib o‘tdi va uning bulutlarini bor-yo‘g‘i 12,7 ming kilometr masofadan suratga oldi, deb yozadi Meduza.
“Juno” suratga olishi kerak bo‘lgan joy ovoz berish orqali aniqlandi: bu turli atmosfera hodisalari tutashadigan joy bo‘ldi.
Yupiter bulutlarining yana bir suratini “Juno” fevral oyida 14,5 ming kilometr masofadan olgan. Zondning sayyora yuzasiga keyingi yaqinlashuvi may oyida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)