Yaqinda Chimboy tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman markazida xalq qabulxonasi tashkillashtirilib, uning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar bermoqda.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha Xalq qabulxonasi boshlig‘i X.Halimov, tuman hokimi O.Qazaqbayev so‘zga chiqdi.
Qabulxonada fuqarolarning kutish xonasi, qabul qilish xonasi, ona va bola xonasi, tibbiyot xonalari tashkillashtirilgan va ular zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)