Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Yaqin Sharqda barqarorlikni ta’minlash maqsadida terrorizmga qarshi o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda Kreml rasmiy saytida xabar berildi.
Prezidentlar o‘rtasida Eron prezidenti tashabbusi bilan telefon orqali bo‘lib o‘tgan suhbatda ikki yetakchi Suriyadagi qurolli mojaroni siyosiy-diplomatik tartibga solishda o‘zaro hamkorlik muhimligini qayd etdi.
Suhbatda Putin va Ruhoniy AQShning Suriyadagi harakatlarini qoraladi.
Shuningdek, ular Idlib viloyatidagi kimyoviy qurol bilan bog‘liq holat jihatlarini obyektiv va xolis o‘rganish zarurligini ta’kidladi.
Izoh (0)