AQShning Suriyadagi aviabazaga raketa zarbalaridan so‘ng neft narxi ko‘tarilgani qayd etildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Londondagi ICE Futures birjasida 7-aprel, juma kuni ertalab iyunda yetkazib beriladigan Brent turidagi neftning bahosi 0,87 dollarga (1,58 foiz) ko‘tarilib, bir barreli uchun 55,76 dollarni tashkil etdi.
Nyu-York tovar birjasida (NYMEX) mayda yetkaziladigan WTI nefti qiymati ham 0,92 dollarga (1,78 foiz) oshib, bir barreli uchun 52,62 dollarga yetdi.
“Suriya neftning yirik ishlab chiqaruvchisi emas, biroq yuzaga kelgan vaziyat mintaqada mojaro avj olib ketishi xavfini oshiradi”, — deya ta’kidladi CMC Markets tahlilchisi Rik Spuner. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)