O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkentga MDH TIVKning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun kelgan Armaniston tashqi ishlar vaziri Edvard Nalbandyan bilan 7-aprel kuni uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston—Armaniston munosabatlarining hozirgi holati, turli sohalardagi aloqalar, jumladan, MDH va boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Armanistonning mavjud salohiyatini namoyon qilish nuqtai nazaridan savdo-iqtisodiy sohada hamkorlikni rivojlantirishning amaliy masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)