Futbol bo‘yicha Italiya kubogining birinchi finalchisi nomi aniq bo‘ldi.
A seriya chempionligi uchun kurashni davom ettirayotgan “Roma”dan ikki o‘yin natijasiga ko‘ra ustun kelgan “Latsio” hal qiluvchi o‘yinda to‘p suradi.
Rim derbisining birinchisida “Latsio” 2:0 hisobida zafar quchgandi. Javob o‘yini “Roma”ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi va Luchanno Spaletti jamoasi kubok uchun kurashdan chiqib ketdi. Avvaroq “Roma” Yevropa ligasida “Lion” dovonidan o‘ta olmagandi.
Bugun — 5-aprel kuni “Yuventus” Neapolda “Napoli” mehmoni bo‘ladi va finalning ikkinchi ishtirokchisi bo‘lishga urinib ko‘radi. Tomonlarning Turinda o‘tgan o‘yinida mezbonlar 3:1 hisobida muvaffaqiyat qozongan, gollarning ikkitasi penaltidan urilgandi.
Ma’lumot uchun, “Napoli” va “Yuventus” Italiya A seriyasining so‘nggi turida to‘qnash kelib, 1:1 hisobida durang o‘ynagandi.
Italiya kubogi Yarim final 4-aprel, seshanba
“Roma” — “Latsio” 3:2
Gollar: Sergey Milinko-Savich, 37 (0:1). Stefan El-Shaaravi, 43 (1:1). Chiro Immobile, 56 (1:2). Muhammad Saloh, 66 (2:2). Muhammad Saloh, 90 (3:2).Dastlabki o‘yin — 0:25-aprel, chorshanba“Napoli” — “Yuventus”Dastlabki o‘yin — 1:3
Izoh (0)