Donald Tramp ma’muriyati terrorizmga qarshi kurashda Suriya hukumati bilan hamkorlik qilmaydi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti xodimi 4-aprel, seshanba kuni jurnalistlar uchun telefon orqali brifingda ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Bu bizning rejalarimizga kirmaydi”, — dedi amerikalik diplomat AQShning hozirgi hukumati IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashda Suriya Arab Respublikasi prezidenti bilan hamkorlik qilish-qilmasligi haqidagi savolga javob bera turib.
O‘tgan hafta oxirida Trampning tashqi siyosat bo‘yicha yaqin maslahatchilari Asadga nisbatan o‘z munosabatlarini bayon qildi. Ularning bayonoti Suriya yetakchisining lavozimni tark etishini talab qilgan avvalgi prezident Barak Obama ma’muriyati pozitsiyasi kabi keskin emasligini ko‘rsatdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)