“O‘zgidromet” 4—7-aprel kunlari O‘zbekiston hududida kechki sovuq va yog‘inlar — qorga aylanishi mumkin bo‘lgan yomg‘ir kutilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar bermoqda.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ob-havo o‘zgarib turadi. 4-aprelda kunning birinchi yarmi va kechki payt yomg‘ir yog‘adi, ayrim tumanlarda esa qorga aylanadi. 5—7-aprel kunlari yog‘in kutilmaydi. 4—5-aprel kunlari ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.
4—6-aprel kechki payt 0...+5 daraja, 5—6- aprelda ayrim joylarda 1—2 daraja sovuq, 4—5-aprel +7...+12, 6- aprelda +12...+17; 7- aprel tunda +2...+7, kunduzi +15...+20.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ob-havo o‘zgarib turadi, biroq yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4—5-aprel kunlari ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 4—5-aprelda kechki payt harorat 0...+5, 4-aprelda kunduzi +5...+10, ba’zi joylarda 1—2 daraja sovuq, 6—7- aprelda +2...+7; 5—7- aprel kunlari havo harorati +17...+22 gacha ko‘tarilishi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham ob-havo o‘zgarib turadi, biroq yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4—5-aprel kunlari kunduzi +7...+12, ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 4—6-aprelda kechki payt harorat 0...+5, 5-aprelda ba’zi joylarda 1—2 daraja sovuq. 6—7-aprel kunlari havo harorati +17...+22 darajagacha ko‘tariladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ob-havo o‘zgarib turadi, 4-aprelda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, 5-aprelda esa ayrim tumanlarda yomg‘ir. 6—7-aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4—6 aprelda kechki payt harorat +3...+8, 7- aprelda +5...+10, 4—5 aprel kunlari kunduzi +8...+13, 6—7- aprelda harorat +17...+22 darajagacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham ob-havo o‘zgarib turadi. , 4-aprelda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, 5-aprelda esa ayrim tumanlarda yomg‘ir. 4 6—7- aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 va 7-aprel kunlari kechki payt harorat +2...+7, 5—6 aprelda 0...+5, 4—5 aprelda kunduzi +7...+12. 6—7- aprelda harorat +12...+17 darajagacha ko‘tariladi.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 4—5-aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, ko‘chki xavfi bor. 6—7- aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4—6-aprel kunlari ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 4 va 7-aprel kunlari kechki payt harorat 0-5 daraja sovuq, 5—6-aprelda 2—7 daraja sovuq, 4-aprel kunduzi 0...+5. 5—7- aprelda harorat +7...+12 darajagacha ko‘tariladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!