Iroqning Mosul shahrida IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi kechayotgan harbiy operatsiyalar tufayli ko‘chib ketishga majbur bo‘lganlar soni 300 ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkiloti 4-aprel, seshanba kuni ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Xalqaro migratsiya tashkilotining kuzatuvlariga ko‘ra, o‘tgan yilning 17-oktabridan boshlab Mosul hamda unga yaqin hududlarni 304 152 odam tark etgan.
Iroq harbiylari va AQSh boshchiligidagi koalitsiya Mosulni birgalikda ozod qilish operatsiyasini 2016-yilning oktabrida boshlagan, hozirgacha shaharning sharqiy qismi ozod etilgan.
Fevral oyining o‘rtalarida Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy shaharning g‘arbiy qismini ozod qilish bo‘yicha operatsiya boshlanganini e’lon qilgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!