O‘zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov to‘p suradigan Qatarning “Al-Jaish” klubi Yulduzlar ligasining 24-turida sharmandali mag‘lubiyat qabul qilib oldi — 1:5.
Ligada peshqadam bo‘lib turgan “Lahviya” uyiga safar etgan Rashidov va jamoadoshlari 1:5 hisobida yengildi. Shu tariqa Sabri Lyamushi boshchilik qilayotgan jamoa dastlabki ikki o‘rindan aniqki quruq qoldi. Klubda bronza medallariga ega chiqish imkoniyati saqlanib turibdi.
Bir kun oldin Temurxo‘ja Abduxoliqov jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan, Sanjar Tursunov jamoasi esa safarda zafar quchgandi.
Qatar Yulduz ligasi 24-tur 2-aprel, yakshanba
Izoh (0)