Amerikaning The New York Post tabloidi o‘quvchilariga gazeta dasturidan bir necha noodatiy bildirishnomalar keldi. Mazkur xabarlar orqali mualliflar AQSh prezidenti Donald Trampga murojaat qilib, unga nasihat berdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Xabarlarda AQSh prezidentiga “Yashasin Donald Tramp” deb murojaat qilinib, u Adolf Gitler bilan taqqoslangan. Mualliflar o‘zlarini Xudo nomidan yuzlanayotgan farishtalar deb tanishtirib, ularni e’tiborlik bilan tinglashga chaqirgan.
The New York Post orqali ko‘p miqdorda qutqarilish, ruh saxovati va aql o‘tkirligi bilan bog‘liq matnlar yuborilgan. “Kimni tushunmayotgan bo‘lsang, o‘sha kishiga qalbingni och, kimdan qo‘rqsang va kimga kibr bilan qarasang, unga quloq tut”, — deyiladi xabarlardan birida.
Ko‘p o‘tmay, The New York Post obunachilardan uzr so‘rab, ularning dasturi xakerlar tomonidan buzilganini ma’lum qildi. Nashr ushbu holatni tuzata boshlandi. Jurnalistlar ham bildirishnoma orqali ushbu vaziyat bo‘yicha axborot yubordi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)