AQShning Texas shtatida 17 yoshli Aleks Neygl restoranda bepul desert tanovul qilish maqsadida eng yaqin qiz o‘rtog‘i — Keti Domitrovichning qo‘lini so‘radi, deya xabar beradi Meduza. O‘smirlar butun oqshom davomida sevishganlar rolini o‘ynagan, hatto o‘zlari bilan uzuk ham olib kelishgan.
https://twitter.com/bathemeinnudes/status/846000968848297984
Domitrovichning so‘zlariga ko‘ra, hammasi ishonarli ko‘rinishi uchun u hojatxonaga chiqib ketgan, Neygl esa restoran xodimlarini sevgi izhor qilishi haqida ogohlantirgan, shuningdek, unutilmas kunda suratga olib qo‘yishlarini so‘ragan.
“Barcha bizga ishondi va qarsak chaldi”, — deydi Domitrovich. Qiz desert juda mazali bo‘lganini ta’kidladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)